Ertami-kechmi ko‘pchilik oldida “avtomobil tanlashda nima e’tibor berish kerak?” – degan masala turadi. Agar siz endigina boshlagan haydovchi bo‘lsangiz, bu maqola sizga qo‘l keladi. Bozorda mashinalar soni va turi juda ko‘pligidan siz birinchi marta mashina sotib olayotgan bo‘lsangiz, juda ko‘plab takliflardan gangib qolishingiz mumkin.

Qanday avtomobilni tanlash kerak? Jamg‘argan mablag‘ingizni bekorga sarflamasdan, mashina foyda va xursandchilik keltirishi uchun qanday mashinani tanlash kerak?

Kelinglar, mulohazamizni “sizga avtomobil nima uchun kerak?” savoldan boshlaylik. Bu savolga berilgan javob avtomobil kattaligi haqida birinchi masalaga javob topish imkoniyatini beradi.

Jip yoki vnedorojnik (yo‘ltanlamas) albatta u mahobati bilan ko‘zni quvontiradi, lekin mashina sizga shahar ichida yurish uchun kerak bo‘ladigan bo‘lsa, birinchi avtomobil uchun unchalik bop xarid emas. Bu mashinalarga xizmat ko‘rsatish narxi ancha yuqori va unga sarflangan xarajatlarni qoplamaslik xavfi bor.

Shahar sharoitida uncha katta bo‘lmagan, oson harakatlanuvchi, mashinalar oqimida harakat qilishi oson bo‘lgan, uncha uzun bo‘lmagan avtomobil sotib olish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Bundan tashqari, boshlovchi haydovchilar to‘xtash joyiga aytaylik, jipga nisbatan uncha katta bo‘lmagan mashinada osonroq joylashadi.

Tanlanishi kerak bo‘lgan avtomobilning kuzovi turi ham u sizga nima uchun kerakligiga bog‘liqdir. Agar sizga bagaj bo‘limi kerak bo‘lmasa, yoki undan kamdan-kam foydalanishni ko‘zda tutsangiz, siz uchun eng yaxshi qaror xetchbek bo‘ladi. Xetchbeklar ixcham va parkovka uchun qulay, ularning narxi esa ancha arzon.

Oilali va oilasi bilan birgalikda shahardan tashqariga chiqishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun sedan to‘g‘ri keladi. Katta yoshli yo‘lovchilar keng o‘rindiqlarda o‘tirishlari mumkin, bu ularning sayohatlari qulay sharoitda o‘tishiga sabab bo‘ladi.

Shahardan tashqariga tez-tez sayohat qiluvchi, o‘zining katta oilasi bilan yo‘lga chiqishni xush ko‘rgan, bagaj bo‘limidan keng foydalanishni istagan haydovchilar universal mashinalarga e’tiborlarini qaratishlari kerak. Yuk tashish qobiliyati katta va bagaj sig‘imi keng bo‘lgan bunday turdagi kuzovga ega mashinalar uzoq sayohatga chiqish uchun qulaydir.

Vnedorojniklar (yo‘ltanlamas) mashinalar katta va mahobatli, o‘z nomiga mos ravishda yomon yo‘llardan yura oladi, yo‘l tanlamaydi. Ular mahobatli, bu ushbu avtomobillarning egalari mavqeini aks ettiradi, yana bir marta bu mashinalarga xizmat ko‘rsatish narxi ancha yuqoriligini ta’kidlaymiz, bunday mashinani boshqarish esa xetchbekni boshqarishdan keskin farqlanadi.

Bu yerda avtomobillarning kuzovlari turi to‘g‘risida kichkina eslatma:

Agarsizboshlovchihaydovchibo‘lsangsiz, mashinasotibolishdayanabirnarsaniunutmasligingiz: mashinaning xavfsizliktizimiga alohidae’tiborberishingizkerak. Bu yerda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan eng muhim qismlar ABS, xavfsizlik yostiqlari va kamarlaridir.

ABS – tormozlar blokka tushib qolishiga qarshi tizim bo‘lib, muz, shag‘al, qor va h.k.lardan yurganda avtomobilga barqarorlik beradi va tormoz yo‘lini qisqartiradi.

Tajribasiz haydovchilar uchun mashinada parktronik parkovkada yordam beruvchi radar bo‘lishi maqsadga muvofiq, u avtomobil bilan to‘siq o‘rtasidagi masofani aniqlab berib, bu talofotsiz to‘xtashda qo‘l keladi.

Siz hal qilishingiz kerak bo‘lgan keyingi masala – qanday uzatma qutisi, avtomat yoki mexanik turini tanlash kerakligini aniqlashdir. Shuni ta’kidlash kerakki, mexanik uzatma qutisi ishonchli hisoblanadi, lekin avtomat uzatma qutini ishlatgan kishiga unga moslashish ancha qiyin kechadi. Ishonchliligidan tashqari, mexanik uzatma qutisi yoqilg‘i sarfini birmuncha kamaytiradi. Avtomat uzatma qutisi yo‘llarda avtomashinalar tirg‘in bo‘lgan yirik shaharlarda juda qulay, lekin hozircha Toshkentda bunday hol uncha ko‘p emas.

Uzatma qutisidan dvigatelning hajmi va quvvatiga o‘taylik: yuqori quvvatga ega bo‘lgan dvigatelli mashinalar qimmatroq turib, bundan ko‘pchilik sotuvchilar foydalanadilar. Katta quvvatga ega bo‘lgan avtomobil tezligini oshirish imkoniyati kattaligiga urg‘u bergan holda, ular shahar sharoitida bunday shart umuman kerak emasligi haqida qayd etish haqida unutadilar. Bizning o‘quvchilarimiz yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari va yo‘lda tezlikni keragidan oshirmasliklariga ishonch bildiramiz.

Dvigatelning hajmi katta bo‘lmasligi sizga yonilg‘ini tejash imkonini beradi.

Endi uzatma masalasiga kelsak: qaysi uzatma – oldingi, orqa yoki to‘liq uzatma qulay?

Avtomobil haydash tajribasi katta bo‘lmasa oldingi yoki to‘liq uzatmadan foydalangan ma’qul. Bunday mashina nisbatan mustahkam va uni yomon yo‘lda ham boshqarish oson. Lekin shu bilan birga to‘liq uzatma texnik jihatdan murakkab mexanizm, va oldingi hamda orqa uzatmaga nisbatan tezroq buzilib turadi.

Rulni kuchaytiruvchi haqida alohida ta’kidlash kerak: o‘z xavfsizligingiz va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash uchun uning bo‘lishi ahamiyatga ega. Rulnikuchaytiruvchi (gidravlik yoki elektromexanik) mashinani boshqarishni osonlashtiradi, bu esa boshlovchi haydovchi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Avtomobil markasini tanlash sizning mablag‘ingiz va sizga mashina nima uchun kerakligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Rusumga kirgan xorijiy avtomashina albatta sizning boshqalardan ajralib turishingizga olib keladi, bunday chiroy egasi o‘zingiz ekanligingizdan mag‘rurlanish hissini qujudga keltiradi, va, u nisbatan xavfsiz. Lekin shu bilan birga u o‘ziga ortiqcha e’tiborni tortadi (mashina o‘g‘rilarining, buzg‘unchilarning, yo‘lda ham xorij mashinalariga hamma alohida e’tibor beradi), bunday mashinaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ancha qimmatga tushadi, shuningdek, mahalliy do‘kon/ustaxonalarda sizning temir do‘stingiz uchun ehtiyot qismlari topilmasligi mumkin.

Bizning sayt – birinchi marta avtomobil tanlayotganlar uchun juda qulay joy (“Qidirish” funksiyasi yordamida siz uncha ko‘p yurmagan va sizning talablaringizga to‘liq javob beruvchi mashinani topishga yordam beradi). Uning yordamida siz faqatgina avtomobil sotib olishingiz emas, balki uni kreditga olishingiz mumkin – bu haqda bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

Car.uz - eski mashinalarni sotish va ijaraga berish haqidagi maydon bo‘lganligi sababli, keyingi maqolada xudi shunday mashinani tanlashda nimaga e’tibor berish kerakligi haqida aytib beramiz.

Xaridingiz hayrli bo‘lsin!