kirish/ ro’yxatdan o’tishAvtomashinani qo’shish
E’lonni kiritish

Avtokredit

Avtokredit – transport vositasi egasi bo‘lishning eng oson va qulay usuli. Avtomobil sotib olishning bu yo‘li G‘arb mamlakatlarida juda keng qo‘llaniladi va MDH mamlakatlarida ham tobora avj olib bormoqda.

Avtokredit sizga avtomobil to‘liq narxini birdaniga to‘lab emas, balki oyma-oy badal to‘lash yo‘li bilan uning egasiga aylanishingiz imkonini beradi.

Avtokredit – bu jismoniy va yuridik shaxslarga avtomobil sotib olish uchun beriluvchi kredit. Bunda avtomobilning o‘zi garov vazifasini bajaradi, shu bilan birga siz birinchi badalni to‘lashingiz bilan mashinadan foydalanish huquqiga ega bo‘lasiz.

Birinchi badal sifatida mashina narxining 25% to‘lanadi. Qolgan summa kredit davri bo‘yicha taqsimlanadi,bunda kredit davri 36 oydan oshmasligi kerak. Yillik foiz stavkasi mashinaning narxiga bog‘liq holda 19% dan 20% gachani tashkil etadi.

Avtokreditning afzalligi shak-shubhasiz:

  • kredit qisqa muddatda beriladi;
  • avtomobil darhol sizning nomingizga ro‘yxatdan o‘tadi;
  • avtomobil kompleks sug‘urta qilinadi;
  • barcha amalga oshiriluvchi operatsiyalar qonuniy va huquqiy jihatdan himoya qilinadi, buning natijasida siz aldanib qolish xavfidan himoyada bo‘lasiz;
  • avtokredit shartlari avvaldan kelishib olinadi va sizning kreditingiz muddatida albatta ularga amal qilinadi.

Bizning saytimizda  O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, barcha mashinalar uchun kredit olish imkoni mavjud. Avtomobil narxining tagida  «Kredit sotib olish».tugmasini ko‘rishingiz mumkin.

Kredit sotib olish

Ushbu tugmani bosib siz avtokredit xarajatlari taxminiy hisobini va ulanish manzillari haqida axborot olishingiz mumkin.

Kredit sotib olish

Avtokreditni rasmiylashtirishda sizga Autonet komission do‘koni va Carmax komission do‘koni. yordam beradi. Sizdan talab etiluvchi ish – kreditni rasmiylashtirish uchun zarur xujjatlarni to‘plash, qolgan ishni siz uchun malakali mutaxassislar bajaradi.

"Autonet komission do‘koni"
Telefon: 200 90 09
"Carmax komission do‘koni"
Telefon: 200 33 88